Меню

Jasurbek Mirzajonov - Vaqtim bo'lmadi

Узбекские тексты песен | Просмотров: 0


Jasurbek Mirzajonov - Vaqtim bo'lmadi - текст песни

Yuragimni to'ldirdi firoq
Tillolardan taxtim bo'lmadi
Yig'lay dedim o'ksinib biroq
Yig'lagani vaqtim bo'lmadi

Yuragimni to'ldirdi firoq
Tillolardan taxtim bo'lmadi
Yig'lay dedim o'ksinib biroq
Yig'lagani vaqtim bo'lmadi

Umir o'tdi dovonlar oshib
Tashvish g'amlar daryodek toshib
Bolaligim o'tdi tez shoshib
O'ynagani vaqtim bo'lmadi

O'ynagani vaqtim bo'lmadi
Vafosizdan vafolar kutdim
Alam yutdim sitamlar yutdim
Muhabbatga qo'shiqlar bitdim
Kuylagani vaqtim bo'lmadi