Меню

Yusuf Eltoyev - Kabutarim uchib ketdi

Узбекские тексты песен | Просмотров: 0


Yusuf Eltoyev - Kabutarim uchib ketdi - текст песни

Qo'llarimda gitara jaranglatib chalarman
Yoshlikdagi sevgimni yana esga olarman
Ul go'zalning qoshlari kamon edi o'q edi
Qishlog'imda yagona uning tengi yo'q edi

Ko'ylaklari hilpirar shamollarda uchardi
Xayollarim yeldayin sevgilimni quchardi
Sho'x edi kulgulari soydek bo'lib oqardi
Yomonsiza bunchalar deyishlari yoqardi

Kabutarim uchib ketdi
O'zga yorni quchib ketdi
Armonlarga ko'mib ketdi
Go'zal yorim baxtga yetdi

Borlig'imni baxtimni tortib olib qo'limdan
Ishqni bilmas zolimlar ayirishdi gulimdan
Yangalari yig'ilib qoshlarini terishdi
So'ngra uni majburlab o'zga yorga berishdi
Yillar o'tdi oradan kulgularin sog'indim
Bugun eslab ul yorni yuragimdan og'rindim
Men tilarman go'zalim vafoli bir yor bo'lsin
Hech kim mendek kuymasin sevib baxtiyor bo'lsin


Все тексты песен Yusuf Eltoyev