Shoxruxbek Ergashev - Onamning sochida oqlarni ko’rib
Узбекские тексты песен | Просмотров: 0
Shoxruxbek Ergashev - Onamning sochida oqlarni ko'rib - текст песни
O'tkinchi dunyoning ortidan quvib
Dunyolar ketsinla ko'ksimni kerib
Bugun ostonadan bir qadam qo'yib
Pinhona edi labim ich ichim to'lib
Onamning sochidan oqlarni ko'rib.
Pinhona edi labim ich ichim to'lib
Onamning sochidan oqlarni ko'rib.
Yuragi ezilgan yo'limga qarab
Do'stu yaqinlardan holimni so'rab
Sog'inchdan bosh egib qolibdi nurab.
Pinhona edi labim ich ichim to'lib
Onamning sochidan oqlarni ko'rib.
Ko'rdimu shu ondan tiriklay so'ndim
Onamning sochidan oqlarni ko'rib.
Qo'llarida hassa yuragi yarim
Dunyoda yagona yolg'izim manim
Ezilib ketyabman o'ylagan sari .
Pinhona edi labim ich ichim to'lib
Onamning sochidan oqlarni ko'rib.
Egildim boshimni devorga urib
Onamning sochidan oqlarni ko'rib.
Yuziga har tushgan ajinlar o'zim
Men nodon aytmapman bir shirin so'zim
Ko'r ekan aslida bu ikki ko'zim.
Ko'rdimu shu ondan tiriklay so'ndim
Onamning sochidan oqlarni ko'rib .
Qo'llarida hassa yuragi yarim
Dunyoda yagona yolg'izim manim
Ezilib ketyabman o'ylagan sari .
Pinhona edi labim ich ichim to'lib
Onamning sochidan oqlarni ko'rib.
Pinhona edi labim ich ichim to'lib
Onamning sochidan oqlarni ko'rib.
Egildim boshimni devorga urib
Onamning sochidan oqlarni ko'rib
Ee onamning sochidan oqlarni ko'rib.