Меню

Alijon Boymatov - Armonim

Узбекские тексты песен | Просмотров: 0


Alijon Boymatov - Armonim - текст песни

Kecha sizni sevaman
Debon takror aytarding
Bugun sovchi yuborsam
Ostonadan qaytarding
Nima edi gunohim
Sevganim gunohmidi
Behuda o'tgan umrim
Baxt emas firoqmidi

Armonime armonim
Bag'rimdagi rayhonim
Boy o'g'liga yor bo'lgan
Muhabbati yolg'onim

Topdingmi yor o'zgani
Bog'idan gullar terib
Yoki ko'nglin oldingmi
Shirin va'dalar berib
Topdingmi yor o'zgani
Bog'idan gullar terib
Yoki ko'nglin oldingmi
Shirin va'dalar berib

Bilmas edim sevgimni
Ko'zlarini ko'rligin
Bugun tushunib yetdim
Peshonamning sho'rligin


Все тексты песен Alijon Boymatov